Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘shnisining uyiga o‘g‘irlikka tushgan shaxs ushlandi

O‘rtachirchiq tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan K.N. IIBga ariza bilan murojaat qilib, joriy yilning 30 avgust kuni soat 14.30 da «A.» ismli qo‘shnisi, uyda hech kim yo‘qligidan va eshik ochiqligidan foydalanib, erkin yo‘l bilan kirib, uyidan narxi taxminan 1.500.000 so‘m bo‘lgan 2 juft tilla ziraklar va 1 ta tilla soatni o‘g‘irlab olib, chiqib ketayotgan vaqtida ushlab olganligini ma'lum qilgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi.
Ushbu jinoyatni 1977 yilda tug‘ilgan A.Sh. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid

18:29 / 08.07.2025
Meksikada tonnalab oltin va kumush ortilgan yuk mashinasi o‘g‘irlandi

18:26 / 08.07.2025
«Tur de Frans» velopoygasida o‘g‘irlangan velosipedlar Rossiyada sotuvga chiqdi

16:04 / 27.06.2025
Los-Anjyelesda Bred Pittning uyiga o‘g‘ri tushdi

12:13 / 25.06.2025