Xitoy: Koreya yarim orolida urush ro‘y berishiga yo‘l qo‘ymaymiz

Foto: RIA "Novosti"
XXR TIV rasmiy vakili Gen Shuanning ma'lum qilishicha, Xitoy Koreya yarim orolida urush ro‘y berishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Bu haqda tashqi siyosat idorasi saytida xabar berildi.
«Koreya yarim oroli muammosi faqatgina tinch yo‘l bilan hal etilishi lozim, bu yerda harbiy choralar istisno etiladi. Xitoy yarim orolda urush va alg‘ov-dalg‘ovlik ro‘y berishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaydi», - deyiladi diplomatning bayonotida.
Xabarda ta'kidlanishicha, yuzaga kelgan inqirozga yechim topish uchun barcha manfaatdor tomonlarning o‘zaro harakatlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Avvalroq BMT Xavfsizlik kengashi KXDRga qarshi sanksiyalarni bir ovozdan kuchaytirgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid

10:37
Xitoyda robotlar va odamlar ishtirokida yarim marafon o‘tkazildi. Odamlar yaxshiroq natija ko‘rsatdi

15:22 / 19.04.2025
Xitoy AQShdan suyultirilgan tabiiy gaz sotib olishni to‘xtatdi

09:10 / 19.04.2025
Tramp Ukraina urushida vositachilikni to‘xtatish bilan tahdid qildi

21:05 / 18.04.2025