KXDR fuqarolarining Xitoy banklaridagi hisoblari muzlatildi

Foto: Reuters
Xitoyning qator banklari Shimoliy Koreya fuqarolari hisoblarini qisman muzlatib qo‘ydi. Kyodo shu haqida xabar berdi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, ba'zi banklarda Shimoliy Koreya fuqarolarining yangi hisob raqami ochishi, shuningdek pul o‘tkazmalarini amalga oshirishi taqiqlangan.
Bu Xitoyning Shimoliy Koreyadagi vodorod bombasi sinovlariga javob sanksiyasining bir shakli bo‘lishi mumkinligi ham taxmin qilinmoqda.
Bundan avval Yevroittifoq diplomatiyasi rahbari Federik Mogerini YeIga a'zo mamlakatlar rahbarlari Shimoliy Koreyaga nisbatan yangi iqtisodiy sanksiyalarni muhokama qilishlari haqida ma'lum qilgandi.
3 sentabr kuni KXDR vodorod bombasi sinovlari muvaffaqiyatli o‘tgani haqida e'lon qilgan.
Mavzuga oid

00:30
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

20:41 / 08.06.2025
Shimoliy Koreyada qo‘qqisdan internet ishlamay qoldi

12:02 / 07.06.2025
Toshkentda O‘zbekiston-Xitoy transport fakulteti ochildi

00:45 / 07.06.2025