Sirdaryoda «Eng namunali oila» tanlovi g‘olibi aniqlandi
Sirdaryo viloyat hokimligi, viloyat adliya boshqarmasi hamda tegishli mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda «Eng namunali oila» ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi Boyovut tuman Dehqonobod SIU Anorzor mahallasida yashovchi Komil Uralov xonadonida bo‘lib o‘tdi.
Ushbu ko‘rik-tanlovda viloyatdagi barcha tuman va shaharlarning eng namunali oila vakillari qatnashdi.
«Eng namunali oila» ko‘rik-tanlovining ishtirokchilari o‘z oilasi tarkibi, kasbi, oila a'zolarining sevimli mashg‘ulotlari, er-xotinning oila qurish jarayoni, qaynona kelin munosabatlarini oiladagi an'ana va qadriyatlari to‘g‘risida hayotiy misollar asosida o‘z chiqishlari bilan ishtirok etishdi.
Mazkur ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichida birinchi o‘rinni Sayxunobod tumanidan D. Egamberdiyevlar oilasi, ikkinchi o‘rinni Oqoltin tumanidan Yu.Fayziyevlar oilasi hamda uchinchi o‘rinni esa Mirzaobod tumanidan T.Turdaliyevlar oilasi egalladi. Ularga qimmatbaho sovg‘alar berildi.
Qolgan ishtirokchilar esa qator nominatsiyalarga ya'ni «Kitobsevar oila», «Sportchi oila», «Ishbilarmon oila», «Mehribon qaynona», «Ahil oila», «Saxovatli oila», «Ibratli kelin» va «Fayzli oila» nominatsiyalariga loyiq ko‘rilib, turli xil sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Mavzuga oid

20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

13:48 / 18.04.2025
Hududlarda yer sotish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

17:06 / 17.04.2025
Sirdaryolik rahbarlar o‘zbek tili bo‘yicha diktantda salbiy natija qayd etgani ma’lum bo‘ldi

15:51 / 16.04.2025