Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» rahbariyatiga qarshi imzo yig‘ish boshlandi

Foto: AFP
«Barselona» prezidentligi uchun sobiq nomzodlardan biri Augusti Benedito Jozep Bartomeu boshchiligidagi kataloniyaliklarning bugungi rahbariyatiga qarshi ishonchsizlik votumi e'lon qilish uchun imzo to‘plamoqda. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, Benedito bugun klub ofisiga kelgan va buning uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni to‘plab ketgan.
Ishonchsizlik votumi joriy qilish uchun Beneditoga 16 ming imzo yig‘ishi kerak bo‘ladi. U bu ishni «Barselona»ning uy uchrashuvlari bo‘lgan «Espanol», «Yuventus» va «Eybar»ga qarshi o‘yinlarda amalga oshirishni ko‘zlab turibdi.
«Bartomeu iste'foga chiqishi kerak. Jamoada sodir bo‘layotgan barcha voqealar uning izmidan chiqib ketdi. U boshqaruv nazoratini butunlay yo‘qotib qo‘ydi. Hozirda klubning boshqaruv tizimida jiddiy inqiroz kuzatilmoqda.
O‘ylashimcha, kamida 40 yoki 50 klub a'zolari bu borada bizni qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘lib turibdi», – deya ta'kidlagan Benedito.
Mavzuga oid

23:49 / 16.07.2025
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi

08:50 / 03.07.2025
Barselonada 100 yil ichidagi eng issiq iyun oyi kuzatildi

11:34 / 19.06.2025
Chexiya hukumati navbatdagi ishonchsizlik votumini yengib o‘tdi

10:44 / 26.05.2025