Boks, JCh–2017: Hasanboy Do‘smatov finalga yo‘l oldi
Germaniyaning Hamburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining yarim final janglari boshlandi.
49 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etayotgan Hasanboy Do‘smatov yarimfinal bellashuvida kolumbiyalik Yuberjyen Martinesga qarshi ringga chiqdi.
Ushbu jangda o‘zbekistonlik bokschi raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmay (5:0) g‘alaba qozondi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.



Endi finalda Hasanboyga kubalik Yohanis Argilagos raqiblik qiladi. Bu sportchi yarim finalda Qozog‘iston vakili Jo‘mart Yerjanni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Mavzuga oid

09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)

10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi

08:07 / 06.04.2025
Bahodir Jalolov ukrainalik raqibni mag‘lub etdi

12:16 / 04.04.2025