Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayiqni qo‘rqitib yuborgan gid 1,5 ming dollarlik jarimaga tortildi
Norvegiya hukumati qutb ayig‘ini qo‘rqitib yuborgan turistik gidni 1,5 ming dollarlik jarimaga tortdi. U hayvonga yaqinlashmoqchi bo‘lganida uni cho‘chitib yuborgan, deb yozmoqda Norway Today.
Xabar qilinishicha, Shpitsbergendan bo‘lgan gid boshchiligidagi sayyohlar guruhi qorda yuradigan maxsus mashinalarda sayr vaqtida ayiqni payqashgan.
«Ayiq xotirjam edi, keyin gid guruh bilan birga hayvonga yaqinlashishga urindi – bu yirtqichni qo‘rqitib yubordi, hamda u kishilardan qocha boshladi. Shundan so‘ng gid ta'qib qilishni to‘xtatdi», - deya shtat gubernatorining so‘zlarini keltiradi nashr.
Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, mahalliy qonunchilik kishilarga qutb ayiqlarini izlash va bezovta qilishni taqiqlaydi.
Avvalroq Ruminiyadagi shahar och ayiqlar “hujumiga uchragani” xabar berilgandi.
Mavzuga oid

13:53 / 22.07.2025
Germaniya va Norvegiya Ukraina uchun havo mudofaasiga birgalikda to‘laydi

08:14 / 09.07.2025
Niderlandiya va Norvegiya Polsha osmonida patrullik qiladi

19:41 / 03.07.2025
Norvegiya ilk bor yadro xavfsizligi bo‘yicha strategiyasini taqdim etdi

21:44 / 26.06.2025