O‘zbekiston-Rossiya Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2017 yilning 26 iyul kuni Toshkent shahrida Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi ichki ishlar vazirliklarining Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhiga a'zo tizimlarining rahbarlari qatnashdi.
O‘zbekiston tomonidan raislik qiluvchi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedov yig‘ilishni kirish so‘zi bilan ochdi. U qatnashchilarni 2017-2022 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar asosida, respublika ichki ishlar organlarida o‘tkazilayotgan islohotlar bilan tanishtirdi.
Rossiya Federatsiyasi tomonidan delegatsiyani ichki ishlar vazirligi ekstremizmga qarshi kurashish Bosh boshqarmasi boshlig‘i politsiya general-mayori Timur Valiulin boshqardi.
Yig‘ilishda tomonlar qidiruv ishlarida, uyushgan jinoyatchilik, ekstremizm, narkotik moddalarini noqonuniy aylanishi va noqonuniy migratsiya bo‘yicha axborot almashuvida hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
Tomonlar Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi birinchi yig‘ilishidagi kelishuvlarning natijalariga bag‘ishlangan ikkinchi yig‘ilishni 2018 yilning o‘rtalarida Moskva shahrida o‘tkazishga kelishib oldilar.
Mavzuga oid

20:45 / 21.04.2025
Rossiya IIV maktablardagi migrant bolalarning ro‘yxatini yuritishni boshlaydi

12:43 / 21.04.2025
Tramp: "Umid qilamanki, Rossiya va Ukraina shu hafta kelishuvga erishadi"

12:27 / 21.04.2025
Asirlarni ozod qilishga tayyor HAMAS, Sudandagi jim genotsid va Tramp deportatsiyasini to‘xtatgan sud - kun dayjesti

08:36 / 21.04.2025