Morata: «Real»ga qaytmayman

«Chelsi»ning yangi futbolchisiga aylangan Alvaro Morata o‘zining londonliklar klubi safiga o‘tishi borasida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Men juda xursandman. Payshanba kuni «Chelsi» safida bo‘laman. Bu jamoa meni hamisha hayratga solgan.
«Real»ga qaytaman deb o‘ylamayman. Bu qiyin. Hozir bu haqida o‘ylamayapman. Menda aniq maqsad bor edi — jamoani o‘zgartirish. Mavsumlar oralig‘i g‘alati o‘tdi, endi men yangi klubda tibbiy ko‘rikdan o‘tmagunimcha xotirjam bo‘la olmayman.
Umid qilamanki, «Chelsi»da hammasi yaxshi bo‘ladi. Men yanada yaxshiroq o‘ynashim mumkin. Agar bunday o‘ylamaganimda, «Real»dan ketmas edim. Barchasi uchun Zidanga minnatdorchilik bildirdim va oldindagi mavsumda unga omad tiladim.
Men jamoa muxlislariga rahmat aytaman. Ular yana bir marta meni qo‘llab-quvvatlashdi. «Real»ga hamisha eng yaxshi tilaklarimni bildiraman», — deya Morataning so‘zlarini keltirgan Marca.
Mavzuga oid

17:54 / 18.04.2025
Anchelotti «Real»dan ketishi kutilmoqda. Uning o‘rniga da’vogarlar ma’lum

12:20 / 17.04.2025
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?

03:04 / 17.04.2025
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi

20:31 / 16.04.2025