Kasperskiy AQSh hukumatiga antivirus kodini taqdim etishga tayyor

Foto: Raphael Satter / AP / TASS
"Kasperskiy labaratoriyasi" AQSh hukumatiga kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan dasturlar kodini taqdim etishga rozi. Bu haqida "Kasperskiy labaratoriyasi" rahbari Yevgeniy Kasperskiy Associated Press'ga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Agentlik suhbatdoshi kompaniya Kreml bilan bog‘liq gap-so‘zlarga chek qo‘yish uchun shunga rozi bo‘lganini ta'kidladi. "Agar Qo‘shma Shtatlarga kerak bo‘lsa, biz kod bilan bo‘lishishimiz mumkin. Men biz qonun doirasida harakat qilayotganimizni isbotlash uchun hamma narsaga tayyorman", - deya ta'kidladi Kasperskiy. U shuningdek AQSh kongressi oldida chiqish qilishga ham tayyorligini qayd etgan.
Ta'kidlash joizki, "Kasperskiy labaratoriyasi" bir necha bor Rossiya maxsus xizmatlari bilan aloqadorlikda gumon qilingan. Shu bilan birga kompaniya dasturlari, ayniqsa antiviruslari AQShda mashhur. AP'da ta'kidlanishicha, Kasperskiyning Rossiya hukumati bilan aloqadorligi isbot qilinmagan.
Mavzuga oid

00:45
Kreml AQShni «katta bitim»ga jalb qilib, Trampni qiziqtiradigan takliflarni qidirmoqda - OAV

23:00 / 21.04.2025
Tehron, Moskva va Rimdagi muzokaralar: Eron yadro dasturi bo‘yicha bitim asoslari chizilmoqda

22:13 / 21.04.2025
Tramp: AQSh va Eron yaxshi muzokaralar o‘tkazdi

19:11 / 21.04.2025