Erdo‘g‘an: Qatar terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashini hech payqamaganman

Foto: Michael Reynolds dpa / Globallookpress
Turkiya Qatar terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashini hech payqamagan. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an aytib o‘tdi. Uning ta'kidlashicha, Turkiya Qatarga avvalgidek yordam berishni davom ettiraveradi. Bu haqda Agence France-Presse axborot agentligi xabar bermoqda.
"Shu kungacha Qatar terrorchilikni qo‘llab-quvvatlaganini payqamaganman. Kechirasizu, biroq biz Qatarga har tomonlama yordam ko‘rsatishni davom ettiramiz", deb ta'kidlab o‘tdi Erdo‘g‘an.
Turkiya prezidenti Qatardan qamalni olishga chaqirdi. Uning fikricha, Qatarning yakkalatilishi va unga qarshi sanksiyalar kiritilishi Yaqin Sharqdagi vaziyatni barqarorlashtira olmaydi.
Erdo‘g‘an mintaqada yaxshi munosabatlar rivojlanishini rag‘batlantirish uchun bu masalada Saudiya Arabistoniga yetakchilikni o‘z zimmasiga olishni taklif qildi.
Mavzuga oid

07:50 / 22.05.2025
Pentagon Qatar tomonidan Trampga sovg‘a qilingan samolyotni qabul qildi

11:45 / 15.05.2025
Tramp Qatarda nima qildi: milliardlik bitimlar, hashamat va AQSh prezidenti oilasining shaxsiy manfaatlari

11:30 / 12.05.2025
Tramp ma’muriyati Qatardan «uchar saroy» oladi

10:14 / 02.05.2025