Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FZT rahbari: AQSh iqtisodiyoti inqirozni ortda qoldirdi

Foto: AP
Xolis ma'lumotlar AQSh iqtisodiyotining inqirozdan to‘liq chiqqanini ko‘rsatmoqda. Ishsizlik, inflyatsiya va iste'mol bo‘yicha belgilangan maqsadlarga erishildi. Shu boisdan, Federal zaxira tizimi (FZT) stavkani ko‘tarish borasida barqarorlashtirish siyosatini davom ettirishi kerak, ammo bu jarayonda shoshma-shosharlikka yoki sekin harakat qilishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. FZT rahbari Jannet Yyellen shunday bayonot berdi.
Yyellen shu bilan Federal zaxira tizimining olingan ma'lumotlardan kelib chiqib, avval e'lon qilingan rejaga muvofiq, barqarorlashtirish siyosatini davom ettirishini tasdiqladi. Yyellenning qayd etishicha, inflyatsiya 2 foizlik ko‘rsatkichdan oshgan, ishsizlik darajasi esa 5 foizdan pasaygan.
"Ya'ni biz Kongress topshiriqlarining barchasiga erishdik … AQSh iqtisodiyoti o‘zini sog‘lom his qilmoqda", — degan Yyellen.
"Biroq, biz barqaror holatda ekanimizga ishonch hosil qilishimiz kerak. Qat'iylashtirish siyosatini tezlashtirishimiz kerak emas… Ammo, iqtisodiyot qizib olishini ko‘p kutmaymiz ham", — degan FZT rahbari.
FZT rahbariyati 2017 yilda yana ikki marta boshlang‘is stavkani ko‘tarishi kutilmoqda. Hozirda, u 0,75-1 foizni tashkil etadi.
Mavzuga oid

22:55 / 02.08.2025
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qullamasdan ta’tilga chiqmoqda

21:35 / 02.08.2025
Hindiston Trampning tahdidlariga qaramay, Rossiyadan neft sotib olishda davom etadi – OAV

20:28 / 02.08.2025
HAMAS Falastin davlati tashkil etilmaguncha qurolni tashlashdan bosh tortdi

16:30 / 02.08.2025