YeI mamlakatlari 2016 yilda yarim milliard sayyohni qabul qildi

Foto: RIA "Novosti"
2016 yilda YeIga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni avvalgi yilga nisbatan 4 foizga o‘sib, 500 mln kishini tashkil etgan. Bu umumjahon ko‘rsatkichining 40 foizi demakdir, deyiladi BMT huzuridagi Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) xabarida.
"2016 yilda Yevropa qarshisida turgan turli chaqiriqlarga qaramay, turizm sanoati yana bir bor barqarorligini namoyish qildi hamda iqtisodiy o‘sish, ish o‘rinlari barpo qilish va ijtimoiy farovonlik o‘sishiga o‘z hissasini qo‘shdi", — deyiladi xabarda.
2009 yildan buyon xorijiy sayyohlarning YeIga tashrif buyurishi 107 mln kishiga ortgan.
UNWTO bosh kotibi Tolib Rifoiyning qayd etishicha, bugungi kunda turizm YeIning ish o‘rinlari barpo etish hamda keskin o‘sish borasidagi strategiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biridir.
Avvalroq, Rifoiy 2016 yil soha uchun navbatdagi rekord yil bo‘lganini ta'kidlagan edi. Uning aytishicha, o‘tgan yili dunyo bo‘yicha 1 milliard 235 million kishi sayohat qilgan. bu 2015 yil ko‘rsatkichidan 3,9 foizga ko‘p demakdir.
Mavzuga oid

22:58 / 07.06.2025
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi

21:14 / 06.06.2025
YeIga a’zo 5 ta davlat bolalar uchun TikTok va YouTubeʼni taqiqlash taklifi bilan chiqdi

13:27 / 06.06.2025
2 mlndan ortiq O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadda chet elga safar qildi

15:39 / 05.06.2025