Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nepal aeroporti qoplon tufayli o‘z ishini to‘xtatdi
Nepal poytaxti Katmandu shahridagi xalqaro aeroport qoplon tufayli o‘z ishini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Yirtqich uchish-qo‘nish yo‘lagiga chiqib ketgan, deb xabar bermoqda Associated Press.
Hodisa ro‘y bergan joyga politsiya xodimlari, shuningdek yirtqichlarni tutuvchilar chaqirildi. Yarim soatdan so‘ng aeroport ishi tiklandi, biroq qoplonni qidirish davom etmoqda.
Ta'kidlanishicha, aeroportning shimoliy tomonida faqatgina o‘rmonlar bor.
Mavzuga oid

14:59 / 14.07.2025
Londondagi "Sautend" aeroporti samolyot falokatidan keyin yopildi

18:03 / 09.07.2025
AQSh aeroportlarida tekshiruvdan o‘tishda poyabzal yechish talabi bekor qilindi

18:08 / 03.07.2025
Dronlar Everest yonbag‘irlarini chiqindilardan tozalashni boshladi

21:44 / 26.06.2025