Yevroparlament rahbari: Yevropa ittifoqi ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ydi

Foto: EPA
Yevropa ittifoqi o‘z faoliyati vaqtida ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ydi. Bu haqda Yevroparlament rahbari Antonio Tayani Rimda Rim shartnomasi imzolanishining 60-yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilish ochilishida aytib o‘tdi.
"Biz o‘zimizning Yevropadan charchaganimiz yo‘q, biroq yaxshiroq ishlashimiz darkor. Afsuski, ko‘p xatolar qilindi", - dedi u.
Tayani so‘zlariga ko‘ra, Yevropa ittifoqiga o‘zgarishlar kerak. "Yevropani o‘zgartirish kerak, biroq u yo‘qotilishi kerak emas. Bizga birdamlik har qachongidan ham zarur", - deya ta'kidlab o‘tdi u.
Oliy darajadagi uchrashuvda hamjamiyatning 27 a'zo-davlati vakillari ishtirok etmoqda. Uzoq kutilgan bayram esa Buyuk Britaniyasiz o‘tmoqda, uning aholisi o‘tgan yilning iyun oyidagi referendumda YeI tarkibidan chiqish uchun ovoz berdi. Aynan shu holat yubileyga biroz tushkunlik bag‘ishlab turibdi, biroq davlat rahbarlarining ishonishicha, yig‘ilish hamjamiyat qayta tug‘ilishida muhim o‘rin tutadi hamda uning tarixida yangi sahifa ochadi.
Mavzuga oid

16:26 / 31.01.2025
Italiya 3 million fuqaroni zaharlashda ayblandi

22:24 / 31.12.2024
Rimda boshpanasizlar uchun qishki palatkalar paydo bo‘ldi

21:57 / 09.11.2024
Rimdagi Trevi favvorasi suvi quritildi va uning yoniga tangalar uchun basseyn o‘rnatildi

21:57 / 06.09.2024