Avstraliya hayvonot bog‘i odamlarga antiqa iltimos bilan yuzlandi
Avstraliya hayvonot bog‘laridan biri mahalliy aholidan juda zaharli o‘rgimchaklarni tutib, ularni maxsus qabul qilish joyiga yetkazishni iltimos qilgan.
O‘rgimchaklar Avstraliyadagi sudralib yuruvchilar bog‘iga ziddi zahar vosita tayyorlash uchun zarur, o‘rgimchaklarni ushlashda jarohat olganlarga zarur yordam ko‘rsatiladi. Hozirda hayvonot bog‘i Sidney voronkasimon o‘rgimchak chaqishiga qarshi ziddi zahar yetkazib beruvchi yagona joy hisoblanadi, biroq hayvonot bog‘i o‘z kuchlari bilan yetarlicha miqdorda o‘rgimchak yig‘a olmayapti.
Hayvonot bog‘i xodimlari o‘rgimchaklarni ushlash uchun qopqoqli shisha idishdan foydalanishni tavsiya qilishmoqda. O‘rgamchakni bu idish ichiga tayoqcha yoki chizg‘ich bilan sekin itarib kirgazish mumkin. Bu o‘rgimchaklar zaharli bo‘lsa-da, ular sakray olmaydilar, shuning uchun ular yoniga maksimal yaqin kelish mumkin.
Mavzuga oid

21:48 / 07.06.2025
Jyeyms Kukning afsonaviy Endeavour kemasi topildi

17:11 / 04.06.2025
To‘tiqush Avstraliyaning birinchi raketasi parvoziga to‘sqinlik qildi

12:24 / 30.04.2025
AQSh Avstraliyaning Amerika tanklarini Kiyevga berishiga to‘sqinlik qilyapti

21:25 / 28.04.2025