Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda 50 ta zavod qalbaki souslar ishlab chiqarilishga tekshirilmoqda

Foto: .bjnews.com.cn
Xitoyda mashhur ziravorlar va souslar qalbakilashtirilishi haqidagi xabarlardan keyin 50 ta zavod tekshirila boshlandi.
Beijing News nashrining ma'lum qilishicha, u bu holat bo‘yicha maxsus tergov o‘tkazgan va Tyantszin shahri yaqinidagi zavodlar ziravorlar, soya sousi va sirka olishda inson uchun yaroqsiz bo‘lgan masalliqlar, misol uchun sanoat tuzi ishlatishini aniqlagan.
Qalbakilashtirilgan mahsulotlar orasida Maggi, Knorr va Nestle kabi mashhur brendlarning mahsulotlari bo‘lgan.
Xitoyning oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar sifati bo‘yicha boshqarmasi politsiya vakillari tekshiruv o‘tkazgani Tyantszinga yuborilganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid

23:46 / 28.07.2025
Xitoy tug‘ilishni rag‘batlantirish maqsadida har bir bola uchun pul to‘laydi

21:19 / 28.07.2025
Rossiyada sovet qurollari zaxirasi tugab bormoqda

14:48 / 28.07.2025
Xitoy O‘zbekistondagi universitetga salkam 2 mln dollarlik ta’lim granti ajratdi

22:40 / 27.07.2025