«Chelsi» Kosta o‘rniga nomzodlar topib qo‘ydi

«Real»ning asosiy tarkibidan muqim joy ololmayotgan ispaniyalik hujumchi Alvaro Morata «Chelsi» jamoasi qiziqishlari doirasida.
Salciomercato nashri ma'lumotiga ko‘ra, londonliklar jamoasi 24 yoshli futbolchini shu oyda Xitoyga yo‘l olishi mumkin bo‘lgan Diyego Kostaga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Qayd etish kerakki, «Chelsi» murabbiyi Antonio Konte Moratani o‘z vaqtida «Yuventus»ga taklif qilgan, lekin u kelgunicha murabiy Italiya terma jamoasi boshqaruviga o‘tib ketib, u bilan birga ishlamagandi.
«Chelsi»da Kosta o‘rniga yana bir nomzod sifatida jamoa tarbiyalanuvchisi, Mourino murabbiyligi vaqtida «Everton»ga sotib yuborilgan Romelu Lukaku bor.
Kosta Xitoydan olgan taklifi sabab «Chelsi»ga boykot e'lon qildi
Xitoy klubi 100 million yevroga futbolchi sotib olmoqchi
Mavzuga oid

22:15 / 03.06.2025
Britaniya Abramovichdan «Chelsi»ni sotishdan tushgan mablag‘ni Ukrainaga berishni talab qildi

02:11 / 29.05.2025
«Chelsi» «Betis»ga qarshi o‘yinda kambek qilib, Konferensiyalar Ligasi g‘olibiga aylandi

14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari

21:06 / 10.03.2025