Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston poytaxtida portlash yuz berdi

Foto: ria.ru
Afg‘oniston poytaxti Qobul shahrida chorshanba kuni ertalab portlash yuz berdi, deb xabar beradi mahalliy OAV.
Ma'lumotlariga ko‘ra, portlash afg‘on deputatlaridan birining hayotiga suiqasd qilish maqsadida uyushtirilgan. Jarohat olganlar haqida ma'lumotlar yo‘q.
TOLO News telekanalining manbaga asosan xabar berishicha, portlovchi qurilma parlamentariy Farruh Behishtning avtomobilida ishga tushirilgan, u jarohat oldi. Uning tansoqchisi halok bo‘lgani aytilgan.
Ma'lumot uchun, Afg‘onistondagi vaziyat so‘nggi oylarda ancha yomonlashdi. Mamlakatning qishloq tumanlarida katta hududlarni egallab olgan “Tolibon” radikal harakati yirik shaharlarga hujum boshladi. Shuningdek, mamlakatda IShID ta'sir doirasi ham oshgan.
Mavzuga oid

18:41
O‘zbekiston, Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida Transafg‘on temir yo‘li bo‘yicha bitim imzolandi

18:33
Qo‘rqinchli manzara va alamli oqibatlar: Ko‘kdaladagi portlash tafsilotlari

12:15
Baxtiyor Saidov Kobulda Afg‘oniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi bilan uchrashdi

20:53 / 16.07.2025