Ilk jangida vafot etgan bokschi yurak donoriga aylandi

Foto: eurosport.ru
Professional ringdagi ilk jangida olingan jarohatlar sabab halok bo‘lgan britaniyalik bokschi Kuba Mochik o‘z yuragini hadya qilgan. Bu haqda «Yevrosport» xabar berdi.
Asli kelib chiqishi Polshadan bo‘lgan 22 yoshli britaniyalik uchinchi raundda nokautga uchratilgach, qaytib o‘ziga kelmagan. O‘sha kuni bokschining egizak singlisi Facebook’da jigarbandini davolash uchun pul yig‘ish maqsadida sahifa ochdi. Biroq, sportchi ikki kundan so‘ng miyaga qon quyilishi oqibatida vafot etgan.
The Mirror’ning xabar berishicha, bu holatni tekshiruvdan o‘tkazgan politsiya sportchi o‘z yuragini boshqa bir bemorga yordam tariqasida hadya qilganini ma'lum qildi.
Mavzuga oid

10:48 / 31.05.2025
Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik bokschidan ustun keldi

09:55 / 31.05.2025
Murodjon Ahmadaliyev meksikalik bokschini mag‘lubiyatga uchratdi

08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi

09:20 / 13.04.2025