Chechenistonda ro‘y bergan avtohalokatda 7 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Foto: Kommersant'
Chechenistondagi «Kavkaz» federal trassasida yuz bergan avtohalokatda 7 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda respublika rahbari Ramzon Qodirov Instagram sahifasida ma'lum qilgan.
Unga ko‘ra, Chernorechensk posti yaqinida Ford avtomobili qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va ichida 5 kishi bo‘lgan VAZ-21014 rusumli avtomashinaga borib urilgan. Qodirovning yozishicha, fojiada uchta avtomobil ishtirok etgan, yuqoridagi mashinalardan tashqari Lada Priora ham kelib urilgan.
«Dastlabki ma'lumotlarga binoan, YTHni keltirib chiqargan Ford haydovchisi 1976 yilda tug‘ilgan Alam Xojayev, guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, mast bo‘lgan», — deb yozgan Checheniston rahbari.
Oqibatda 7 kishi: Xojayev, uning amakisining o‘g‘li, 10 va 14 yoshlardagi ikki qiz, hamda 26 yashar ayol va yana ikki erkak halok bo‘lgan. Yana ikki kishi Xojayevning 11 yashar o‘g‘li va Lada Priora haydovchisi jarohatlangan. Ular og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.
Mavzuga oid

20:04 / 08.05.2025
Putin Ramzan Qodirovning iste’foga chiqishiga ruxsat bermadi

18:15 / 06.05.2025
Ramzon Qodirov o‘zini Checheniston rahbari lavozimidan ozod etishni so‘raganini aytdi

19:41 / 23.04.2025
Ramzon Qodirovning voyaga yetmagan o‘g‘li Checheniston Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimini egalladi

08:29 / 09.04.2025