Isroilning Hayfa shahri yong‘inning qayta xuruj qilishidan xavfsiramoqda

Foto: © AFP
Isroilning kattaligi bo‘yicha uchinchi yirik shahri Hayfadagi o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurash o‘t o‘chiruvchilarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Ammo, tabiiy ofat qayta xuruj qilishi mumkinligi aytilmoqda.
24 noyabrda Hayfa ko‘chalarida yong‘in davom etib, daraxtlar va qurib qolgan barg-xazonlardan turarjoy binolariga o‘tdi. Hukumat o‘nlab tumanlarni, shahar aholisining beshdan biriga to‘g‘ri keluvchi 60 ming kishini ko‘chirdi. Bu 2006 yilgi Ikkinchi Livan urushidan buyon ilk marotaba shunday keng qamrovli evakuatsiyadir.
So‘nggi olti yildagi eng kuchli yong‘inlarda Isroil tumanlarida hech kim qurbon bo‘lgani yo‘q. Tez tibbiy yordam ma'lumotlariga ko‘ra, yong‘inlar boshlanganidan beri 95 kishiga yordam ko‘rsatilgan. Ulardan 35 nafari Hayfa shifoxonlariga olib kelingan.
"Ularning aksariyati yengil jabrlanganlar. Bir necha kishining nafas olish yo‘llari, yurak-qon tizimi jiddiyroq zararlangan. Ularga shifoxonada qolmoqda", — degan tibbiyot muassasa xodimi.
Mavzuga oid

15:21 / 06.06.2025
Germaniyada faollar Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatishni talab qildi

15:00 / 05.06.2025
Ispaniya Isroil bilan raketalar yetkazib berish bo‘yicha shartnomani to‘xtatdi

14:25 / 05.06.2025
Isroil armiyasining G‘azoga hujumida bir kunda 97 kishi halok bo‘ldi

15:14 / 04.06.2025