iPhone uchun "portlovchi" g‘ilof namoyish etildi

Foto: Feng.com
UNIQFIND kompaniyasi iPhone uchun yangi g‘ilof yaratdi, u yordamida telefonni yonib ketgan Samsung Galaxy Note 7'ga "aylantirish" mumkin. Bu haqida high-tech.ru'da ma'lum qilindi.
G‘ilofda akkumulyator yonishidan jabr ko‘rgan Note 7 smartfonining paneli tasviri tushirilgan. Hattoki Samsung logosining bir qismini ham ko‘rish mumkin.
Aksessuar iPhone 5 va undan keyin ishlab chiqarilgan smartfonlarga moslangan.
Samsung kompaniyasi yangi Galaxy Note 7 flagmanini zaryadlash vaqtida turli muammolarga duch kelgandi. Keyinchalik kompaniya smartfonning “xavfsiz” modelni ishlab chiqardi, biroq unda ham akkumulyator bilan bog‘liq muammolar yuzaga keldi. Natijada bu smartfonni ishlab chiqarish hamda uni sotishni to‘xtatishga qaror qilindi.
Mavzuga oid

14:38 / 28.05.2025
Samsung Display Rossiya metallarini sotib olishni to‘xtatdi

16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi

17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi

09:03 / 21.04.2025