"Telba Maks"dagi poyga kompyuter grafikasisiz ko‘rsatildi

"Telba Maks: G‘azab yo‘li" filmidagi avtomobil poygasi sahnasi kompyuter grafikasisiz ko‘rsatildi. Ushbu rolik ESPORTS TV'ning YouTube-kanalida namoyish etildi.
O‘tgan yilning may oyida chiqqan bu film rejissyor Jorj Miller tomonidan tasvirga olingan. Undagi bosh rollarni Tom Hardi va Sharliz Teronlar ijro etishgan. Kartina 1979 yilda Mel Gibson ishtirokida suratga olingan filmning davomi hisoblanadi.
Mazkur film "Oskar" mukofotining 10 nominatsiyasiga qo‘yilib, 6 tasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan: "Eng yaxshi liboslar", "Eng yaxshi montaj", "Eng yaxshi grim va turmaklar", "Eng yaxshi tovush", "Eng yaxshi tovush montaji" va "Eng yaxshi postanovkachi rassom ishi".
"Telba Maks" dunyo prokatida 374 million dollar to‘plagan. Film byudjyeti 150 millionni tashkil qilgan, yana shuncha mablag‘ reklama kampaniyasiga sarflangan.
Mavzuga oid

17:41 / 14.04.2025
YouTube qisqa videolarni o‘z o‘ziga taqiqlash funksiyasini sinovdan o‘tkazadi

15:38 / 24.12.2024
Ekspert: Rossiyada YouTube amalda bloklandi

20:41 / 23.12.2024
Rossiyada YouTube trafigi keskin kamaydi

15:00 / 21.12.2024