Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy yangi suvosti robotini sinovdan o‘tkazdi

Foto: SIA
Xitoy 5751 metrlik chuqurlikkacha tusha oladigan yangi Haiyi-7000 milliy avtonom boshqaruvchisiz suvosti qurilmasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda South China Morning Post gazetasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, sinovlar Mariana handaqi hududida o‘tkazilgan. Xitoy olimlarining yangi ishlanmasi XXR Xalq ozodlik armiyasini qiziqtirishi mumkin.
“Biz yanada chuqurroq tushishimiz mumkin edi, ammo qurilmaning imkoniyatlarini tez safarbar qilmaslik uchun bunday qilmadik”, - deya ma'lum qildi loyihaning yetakchi ilmiy xodimi professor Yun Tszyanchen.
Yangi qurilma torpedo yoki kichik suvosti qayig‘i shaklida yaratilgan robot bo‘lib, uning maqsadi suvosti relefi, suvning tuzliligi va boshqalarga doir ma'lumotlarni to‘plashdan iborat.
Mavzuga oid

20:09 / 26.07.2025
Xitoy Yevropadan nega norozi?

20:02 / 26.07.2025
AQSh va Xitoy vakillari BMT Xavfsizlik Kengashida Ukraina bo‘yicha janjallashdi

09:54 / 26.07.2025
YeI va Xitoy iqlim bo‘yicha yaqinroq hamkorlik qilmoqchi

07:31 / 26.07.2025