«Milliy tiklanish» milliylikni tiklash yo‘lida

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi tomonidan “Mustaqillik - milliy tiklanish va yuksalishdir” mavzusida Zomin tumanida forumi tashkil etildi.
Forumda O‘zMTDP Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi devoni xodimlari, O‘zMTDP Zomin, Yangiobod tumani va Jizzax shahar partiya tashkiloti Kengashi faollari, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya deputatlari, “Yoshlar qanoti” a'zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Mamlakatimiz mustaqilligining 25 yillik ayyomi munosabati bilan tashkil etilgan forumda dastlab ishtirokchilar, Zomin istirohat bog‘iga, Zomin o‘lkashunoslik muzeyiga, Zomin “SAMSUNG” monitor ishlab chiqarish zavodiga, “Ko‘k to‘nli ota” ziyoratgohiga ekskursiya uyushtirildi.
Shundan so‘ng, Zomin sulim go‘shasida joylashgan “Lochin” nomli mehribonlik oromgohida o‘zbekona lutf va karnay-surnay sadosi ostida yo‘lakning ikki chetida milliy libosdagi qizlar gullar bilan kutib olishdi.
Quyida ushbu tadbirdan tayyorlangan fotolavhani taqdim etamiz.
Jizzaxdan “Kun.uz” muxbiri Akmal Binokulov
Mavzuga oid

10:40 / 07.06.2025
Xorazm va Jizzaxda sifatsiz benzinni sotuvga chiqargan zapravkalar aniqlandi

14:42 / 03.06.2025
Jizzaxda odamlarni kutilmagan usulda chuv tushirgan “metallolom”chi Kun.uz surishtiruvidan so‘ng qo‘lga olindi

11:45 / 29.05.2025
17 ta xorijiy kompaniya O‘zbekistonda ofisini ochishni rejalashtirmoqda

11:37 / 26.05.2025