13 Fevral

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtotreyler haydovchisi boshqaruv paytida uxlab qolgan va yo‘l chetida turgan mashina va odamlarni urib yuborgan.

Ular ikki tadbirkorga 2 700 tonna chigit mahsulotlari yetkazib berishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan jami 559 ming dollar hamda 1,5 mlrd so‘mni qo‘lga kiritgan. Bu pullar hisobidan 3 ta yengil va bitta yuk mashinasi sotib olishgan.

12 Fevral

Xususiy maktabda ro‘y bergan voqeada tarbiyachi bolani tushlik paytida uxlay olmay yig‘lagani uchun bir necha marta urishib, keyin urib, hojatxonaga qamab qo‘ygan. Hozirda tarbiyachi ishdan olingan, tergovga qadar tekshiruv ketyapti. Bolalar ombudsmani bunday harakatlar javobsiz qolmasligi va bolaning manfaatlarini himoya qilish uchun holatni nazoratga olgan.

11 Fevral

Yuk mashinasida 30 dona simsiz portativ dinamiklar noqonuniy olib kirilayotganda ushlangan.

10 Fevral

Ular o‘nga yaqin Cobalt avtomobillarining shinalarini tunda yechib olib, sotish bilan shug‘ullangan.

9 Fevral

Toshkent viloyatida ikkita issiqxona tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishi natijasida tizimga 577 million so‘mdan ziyod zarar yetkazilgani aniqlandi.

8 Fevral

Hozirda dovon yo‘lini qordan tozalash ishlari olib borilmoqda. FVV va tegishli xizmatlar tomonidan yo‘lda qolib ketgan haydovchi va yo‘lovchilarga yordam ko‘rsatilgan.

6 Fevral

U xayrlashuv posti yozib, aholiga minnatdorchilik bildirgan va kimnidir xafa qilgan bo‘lsa, ulardan uzr so‘ragan.

5 Fevral

Toshkent tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Sherzod Salihov Chinoz tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Ushbu lavozimda ishlab kelgan Botir Alimbekov oldinroq Toshkent viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘lgandi.  

YTH oqibatida yuk mashina tirkamasidagi mahsulot to‘kilib, yo‘lning ma’lum qismini to‘sib qo‘ygan.  

4 Fevral

Toshkent viloyati Angren shahrida markazlashtirilgan kommunal suv ta’minoti tizimiga noqonuniy ulangan MChJ aniqlandi.

Toshkent va Buxoroda hujjatlarni rasmiylashtirib berish uchun pora talab qilgan bosh mutaxassis va arxitektor qo‘lga olindi. Ularga nisbatan firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Ko`proq yangiliklar
Top