Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Xitoy bilan «tarif sulhi»ni yana 90 kunga uzaytirdi
AQShning Xitoy tovarlariga bojlari 30 foiz, Xitoyning AQSh tovarlariga bojlari esa 10 foiz darajasida qoldirildi.

Foto: REUTERS / Jonathan Ernst
AQSh prezidenti Xitoydan keladigan tovarlarga import bojlarini joriy etishni yana 90 kunga kechiktirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Oq uy vakiliga tayanib, CNBC xabar berdi.
Nashrning qayd etishicha, farmon avvalgi «tarif sulhi» tugashidan biroz oldin imzolangan. Unga ko‘ra, AQShning Xitoy tovarlariga bojlari 30 foizga, Xitoyning AQSh tovarlariga bojlari esa 10 foizga tushirilgan. Bu muddat 12 avgustda tugashi, shundan so‘ng bojlar 2025 yil aprel oyi darajasiga qaytishi kerak edi.
2 aprel kuni Donald Tramp dunyoning aksariyat davlatlari, jumladan, Xitoyga nisbatan bojlar joriy etilishini e’lon qildi. Pekin ham shunday javob qaytardi. Ikki davlat o‘rtasidagi savdo urushi oqibatida AQShning Xitoy tovarlariga bojlari 145 foizga, Xitoyning AQSh tovarlariga bojlari esa 125 foizga yetdi.
May oyi o‘rtalarida Pekin va Vashington savdo muzokaralari o‘tkazish uchun 90 kun muddatga o‘zaro bojlarni 115 foizga pasaytirishga kelishib olgandi. Natijada AQShning Xitoy tovarlariga bojlari 30 foizga, Xitoyning AQSh tovarlariga bojlari esa 10 foizga tushdi.
Aprel oyida Tramp tomonidan e’lon qilingan o‘nlab boshqa mamlakatlar uchun import bojlari avgust oyi boshida kuchga kirdi.
Mavzuga oid

13:45
YeI Alyaskadagi sammit oldidan Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi bayonot qabul qildi

12:07
877 ot kuchi, muzlatkich va lidar. Yangilangan Tank 500 savdolari boshlandi

11:24
Tramp Putinni Ukraina bo‘yicha muzokaralarga majburladi – Hegset

00:18