Jahon | 00:36
565
1 daqiqa o‘qiladi

Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda

Fransiya prezidenti Netanyaxuning G‘azo ustidan nazorat o‘rnatish va HAMASni butkul yo‘q qilish rejasiga ilk bor munosabat bildirdi. 

Foto: Reuters

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning militaristik urinishlaridan afsusdaligini ta’kidladi. 

Le Figaro nashrining yozishicha, Makron G‘azo sektorida xavfsizlikni ta’minlash uchun BMT missiyasi haqidagi o‘z taklifini yana ilgari surgan.

Fransiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Isroilning G‘azo shahri va al-Mavasi lagerlaridagi operatsiyani kengaytirish hamda Falastin hududlarini qaytadan bosib olish rejasi "misli ko‘rilmagan jiddiy falokat va urushga intilishni anglatadi".

Gazetaning qayd etishicha, Fransiya prezidenti Netanyaxuning G‘azo ustidan nazorat o‘rnatish va HAMASni butkul yo‘q qilish rejasiga ilk bor munosabat bildirdi. 

BMTning 30 iyul kuni bo‘lib o‘tgan konferensiyasida Makron G‘azo sektoridagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun “BMT mandati ostida xalqaro koalitsiya tuzish”ni taklif qilgandi.

Mavzuga oid