Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Japarov va Rahmon bilan telefon orqali suhbatlashdi
Avvalroq Putin Trampning maxsus vakili bilan suhbatdan so‘ng yetti davlat rahbarlari bilan muloqot qilgandi.

Foto: RIA Novosti
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Xabar qilinishicha, Putin Rahmonni AQSh prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi tafsilotlaridan xabardor qilgan hamda Donald Tramp bilan Alyaskada o‘tkaziladigan uchrashuvi haqida bildirib o‘tgan.
O‘z navbatida, Emomali Rahmon Ukrainadagi nizoni bartaraf etishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
Vladimir Putin shuningdek, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan ham telefon orqali muloqot qilgan va Uitkoff bilan olib borilgan muzokaralar haqida ma’lumot bergan.
Avvalroq Trampning maxsus vakili bilan suhbatdan so‘ng Putin yetti davlat rahbarlari bilan suhbatlashgandi (https://kun.uz/kr/news/2025/08/09/putin-uitkoff-bilan-uchrashgandan-song-6-davlat-rahbariga-qongiroq-qildi). U ulardan olti nafariga shaxsan qo‘ng‘iroq qildi: boshqalar qatorida Xitoy, Hindiston va O‘zbekiston rahbarlari bilan telefonda gaplashdi.
Mavzuga oid

20:41 / 10.08.2025
Putin Xerson va Zaporijjyadan voz kechishga tayyor emas, Oq uy Zelenskiyni Alyaskaga taklif qilmoqchi

19:43 / 10.08.2025
Putin va Tramp uchrashuvi oldidan Alyaskadagi mehmonxonalarda narxlar ko‘tarildi

13:19 / 09.08.2025
Putin Tramp bilan ko‘rishish uchun Amerikaga boradi. Nega Alyaskaga?

12:01 / 09.08.2025