Jahon | 09:20
3228
2 daqiqa o‘qiladi

Yerevan va Boku harbiy harakatlarni to‘xtatishga kelishib oldi

Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyan Donald Tramp ishtirokida harbiy harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi.

Foto: Oq uy

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Donald Tramp ishtirokida harbiy harakatlarni to‘xtatish haqidagi kelishuvni imzoladi. Marosim 8 avgust, juma kuni yetakchilar sammiti o‘tgan Oq uyda bo‘lib o‘tdi.

«Ko‘p vaqt o‘tdi — 35 yillik urush, endi esa ular do‘st. Va ular uzoq vaqt do‘st bo‘ladi», — dedi Tramp va «Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasidagi bu tarixiy tinchlik sammiti uchun barchani Oq uyda kutib olish sharaf» ekanligini aytdi. «Armaniston va Ozarboyjon barcha harbiy harakatlarni butunlay to‘xtatish, savdo, turizm va diplomatik aloqalarni o‘rnatish, bir-birining suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilish majburiyatini oladi», dedi Oq uy rahbari.

U Ozarboyjon bilan harbiy hamkorlikka qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilayotganini qo‘shimcha qildi. Hujjat Tramp, uning fikricha, tinchlik uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlanishi kerak bo‘lgan tashabbuslar ro‘yxatiga qo‘shimcha bo‘ldi.

«Ko‘plab yetakchilar urushni tugatishga harakat qildi, ammo «TRAMP» paydo bo‘lmaguncha, muvaffaqiyatga erishmadi», — deb yozdi u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

Aliyev qo‘shma murojaatni istisno etmadi. «Ehtimol, biz bosh vazir Pashinyan bilan Nobel qo‘mitasiga prezident Trampga tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini berish so‘rovi bilan qo‘shma murojaat yuborishga rozi bo‘lamiz», — dedi u.

Pashinyan uni qo‘llab-quvvatladi: «Prezident Trampni tinchlik uchun Nobel mukofotiga loyiq deb hisoblayman va biz bu pozitsiyani himoya qilamiz va uni ilgari suramiz».

Mavzuga oid