Jahon | 09:00
1123
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp mikrosxemalarga 100 foizlik bojlar joriy etish bilan tahdid qildi

Chiplar va yarimo‘tkazgichlarga qo‘shimcha tariflardan qochish uchun ishlab chiqaruvchilardan Qo‘shma Shtatlardagi ishlab chiqarishga sarmoya kiritish so‘raladi, deya ogohlantirdi Tramp. Apple rahbari allaqachon yangi sarmoyalar haqida e’lon qilgan.

Foto: Yevgeniy Pavlenko / Kommersant’

Qo‘shma Shtatlar AQShga mikrosxemalar va yarim o‘tkazgichlar importiga tariflar joriy qilishi mumkin. Qo‘shimcha tariflardan ozod qilish uchun texnologiya kompaniyalaridan AQShga sarmoya kiritish so‘raladi, dedi prezident Donald Tramp Apple bosh direktori Tim Kuk bilan uchrashuvda.

Tramp bu «Apple» kabi kompaniyalar uchun yaxshi yangilik bo‘lishiga ishonch bildirdi, chunki ularga Qo‘shma Shtatlardagi ishlab chiqarishga sarmoya kiritish orqali qo‘shimcha bojlardan qochish imkoniyati beriladi.

Apple kompaniyasi Trampning AQShga 100 milliard dollar sarmoya kiritish taklifini qabul qilishga tayyor, deya ma’lum qildi uning bosh direktori uchrashuvda. Kukning so‘zlariga ko‘ra, bu mablag‘lar yaqin to‘rt yil ichida Apple mahsulotlari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishni kengaytirishga yo‘naltiriladi. Bunda Apple boshqa narsalar qatori Texasdagi Texas Instrumens va Arizonadagi Amcor bilan hamkorlik qiladi, deya qo‘shimcha qildi u.

Yangi qoidalardan Amerika texnologik korporatsiyalari yetkazib beruvchilari, xususan, shisha komponentlar ishlab chiqaruvchi Corning kompaniyasi foyda olishi kutilmoqda. Kelajakda AQShda ishlab chiqarilgan shisha komponentlar butun dunyoda ishlab chiqarilgan iPhone va Apple soatlarida qo‘llanadi, dedi Kuk. 2007 yilda birinchi iPhoneʼlarda Corning tomonidan ishlab chiqarilgan maxsus shishadan foydalanilgan.

Mavzuga oid