Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Raqamli kriminalistika sohasida mutaxassislar malakasini oshirish tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan “Raqamli kriminalistika sohasida mutaxassislar malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Foto: Depositphotos
Nizomga ko‘ra, raqamli kriminalistika sohasida mutaxassislarning malakasi har 2 yilda oshiriladi.
Mutaxassislarning malakasini oshirish o‘z ixtisosligi bo‘yicha kamida 1 yillik ish stajiga ega bo‘lgan mutaxassislar uchun tashkil qilinadi.
Mutaxassislar malakasini oshirish bevosita va (yoki) bilvosita tashkil etiladi.
Malaka oshirish muassasalari tomonidan mutaxassislarning malakasini oshirish kamida 36 akademik soat hajmda tashkil etiladi.
Malaka oshirish bo‘yicha yakuniy nazorat o‘qish davrida olingan nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni aniqlashga qaratilgan og‘zaki yoki yozma imtihon yoxud suhbat shaklida o‘tkaziladi.
Malaka oshirish muassasalarida o‘quv dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan mutaxassislarga belgilangan shakldagi sertifikat beriladi.
Mavzuga oid

13:20 / 03.08.2025
“Operatsiyalarni tibbiy ma’lumotsiz “mutaxassislar” qilyapti” – O‘zbekistonda kosmetologiya nega nazoratsiz?

23:10 / 12.03.2018
Filippin prezidenti BMT mutaxassislarini “timsohlarga yem qilishni” taklif qildi

19:16 / 09.02.2017
Mutaxassislar fikri: Harakatlar strategiyasidan asosiy maqsad – inson manfaatlarini ta'minlash

19:26 / 08.02.2017