Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan Andijondagi maktab direktori 41 mln so‘m jarimaga tortildi
Marhamat tumanidagi 42-maktabning endilikda sobiq direktori Z.Mamajonova ishidan ayrilishdan tashqari 41 mln 200 ming so‘m jarima ham to‘laydigan bo‘ldi. Mehnat inspeksiyasining aniqlashicha, u o‘qituvchilarni ta’mirlash ishlariga majburlab, aks holda dars soatlarini kamroq taqsimlash bilan tahdid qilgan.

Videodan kadr
Andijon viloyati Marhamat tumanidagi 42-maktab o‘qituvchilari ta’mirlash ishlariga majburiy jalb qilinganini Bandlik vazirligining mehnat inspeksiyasi tasdiqladi.
Vazirlik matbuot kotibi Gulnoza Alimovaning ma’lum qilishicha, maktab direktori Z.Mamajonova maktab binosini ta’mirlash ishlariga o‘qituvchilarni majburan chaqirib, aks holda pedagoglarga dars soatlari kam taqsimlanishini aytgan.
Inspeksiya 4 avgust kungi o‘rganishi xulosasiga asosan, maktab direktori Z.Mamajonovaga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 2-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari (41 mln 200 ming so‘m) miqdorida jarima qo‘llandi.
Ushbu moddaga ko‘ra, ta’lim tashkilotining pedagog xodimini majburiy mehnatga jalb qilish – BHMning 100 baravaridan 150 baravarigacha jarimaga sabab bo‘ladi.
Avvalroq Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi direktorning familiyasini ochiqlamasdan, u ishdan olinganini ma’lum qilgandi.
“Maktab jamoasi bilan suhbatda ular tomonidan ushbu hashar ixtiyoriy ravishda amalga oshirilgani ta’kidlansa-da, ustozlarni o‘z lavozim majburiyatidan tashqari ishlarni bajarish holatini nazoratga olmagani sababli maktab direktori Z.M. egallab turgan lavozimidan ozod etildi”, deyiladi MMTB axborotida.
2 avgust kungi voqea videolari ijtimoiy tarmoqlarda 3 avgust kuni tarqalgan va ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
Mavzuga oid

23:42 / 04.08.2025
Andijonda o‘qituvchilar ta’mirlagan maktabning direktori ishdan bo‘shatildi

09:54 / 03.08.2025
Andijonda o‘qituvchilar maktabni ta’mirlashga chiqarildi

10:40 / 01.08.2025
1-sinf uchun mikrohududdan tashqari maktablarga qabul boshlandi

22:40 / 26.07.2025