Ta’lim | 12:16
1502
1 daqiqa o‘qiladi

Grant taqsimoti uchun ariza berish muddati 10 avgustgagacha uzaytirildi

Davlat qabul komissiyasining bayoniga asosan, 2024-2025 o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun ta’lim grantlarini qayta taqsimlash bo‘yicha talabgorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish muddati 2025 yil 10 avgustga qadar uzaytirildi.

Foto: Kun.uz 

Grant taqsimlash uchun ariza berishga ulgurmay qolganlar 10 avgustgacha hujjatlarini taqdim etishi mumkin. Arizalar oliygohlarning veb-saytlari orqali yoki kontrakt.edu.uz saytida qabul qilinmoqda.

Talabalar ariza berishda 3 xil grantdan birini tanlashi kerak:

  • to‘liq va to‘liq bo‘lmagan grant (GPA 3,5 dan baland);
  • qo‘shimcha davlat granti (faqat ijtimoiy himoya reyestrida «qizil» va «sariq» toifadagi oilalar a’zolari uchun, GPA 4 dan baland);
  • OTM granti (GPA 3,3 dan 4 gacha).

Imtiyozli yoki maqsadli grantga kirganlar, shuningdek, sirtqi, kechki va masofaviy shaklda o‘qiydiganlar ariza yubora olmaydi.

Mavzuga oid