O‘zbekiston | 14:28
474
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida dippasport egalariga viza bo‘yicha bitim imzolandi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qarorga ko‘ra, 2025 yil 12 mart kuni Parij shahrida imzolangan quyidagi xalqaro shartnomalar tasdiqlandi:

🔹 O‘zbekiston hukumati bilan Fransiya hukumati o‘rtasida diplomatik pasport egalarini qisqa muddatli viza talablaridan o‘zaro ozod etish to‘g‘risidagi bitim;
🔹 O‘zbekiston hukumati bilan Fransiya hukumati o‘rtasida rasmiy vakolatxonalar xodimlarining oila a’zolari tomonidan haq to‘lanadigan faoliyatning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi bitim.

Tashqi ishlar vazirligi ushbu xalqaro shartnomalarni amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi. 

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.

Mavzuga oid