Jahon | 12:12 / 31.07.2025
982
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina antikorrupsiya byurosi: Germaniya qonun «kechikishsiz» qabul qilinishini kutmoqda

Germaniya hukumati Ukraina Oliy Radasidan NABU va SAP bo‘yicha yangi qonun loyihasini «kechikishlarsiz» qabul qilishini va imzolashini kutmoqda. Bu haqda Germaniya Tashqi ishlar vazirligi vakili DW savoliga javoban aytib o‘tdi.

Foto: DW

Germaniya korrupsiyaga qarshi kurash organlari — Ukraina Milliy antikorrupsiya byurosi (NABU) va Korrupsiyaga qarshi maxsus prokuratura (SAP) to‘g‘risidagi qonun qabul qilinishi munosabati bilan Ukraina hukumatining «o‘z aholisi va hamkorlarining aniq tanqidiga» munosabatini olqishlaydi. Prezident Volodimir Zelenskiy tomonidan taqdim etilgan yangi qonun loyihasi «birinchi to‘g‘ri qadam», dedi Germaniya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Martin Gize 30 iyul, chorshanba kuni Berlinda bo‘lib o‘tgan brifingda DW muxbirining savoliga javob berar ekan.

«Ushbu qonun loyihasi tezda qabul qilinishi va keyin prezident tomonidan imzolanishi kerak. Biz bu jarayon kechiktirilmasdan va birinchi navbatda, yo‘qolgan ishonchni tiklash uchun mazmunni susaytirmasdan amalga oshishini kutamiz», — dedi Germaniya TIV vakili.

Ukraina parlamenti 31 iyul, payshanba kuni prezident Zelenskiy tomonidan kiritilgan, NABU va SAP mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan qonun loyihasiga ovoz berishni rejalashtirmoqda.

22 iyul kuni Oliy Rada tomonidan qabul qilingan qonun Ukrainada norozilik va Yevropa Ittifoqida xavotirlarga sabab bo‘ldi. Tanqidchilarning fikricha, u korrupsiyaga qarshi eng yuqori darajada kurashish uchun mo‘ljallangan organlarning vakolatlarini cheklaydi.

Mavzuga oid