Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Euroasia Insurance” sug‘urta kompaniyasi tomonidan ko‘rib chiqilgan sug‘urta hodisasi bo‘yicha hisobot

"Euroasia Insurance" sug‘urta kompaniyasi 2025 yil 7 may kuni yuz bergan yo‘l-transport hodisasi bilan bog‘liq sug‘urta to‘lovini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Quyida mazkur holat bo‘yicha batafsil tahliliy hisobot taqdim etiladi.
Hodisaning borishi
- 2025 yil 7 may kunida, taxminan soat 14:50 da ikki transport vositasi to‘qnashuvi yuz berdi:
- KIA SOReNTO, boshqaruvda bo‘lgan haydovchi — Islombek Husnitdinov (ism o‘zgartirilgan);
- Ikkinchi ishtirokchiga tegishli Chevrolet Malibu II rusumli avtomobil.
- Taqdim qilingan xujjatlar asosida yo‘l-transport hodisasida KIA SOReNTO haydovchisi Islombek Husnitdinov aybdor deb topilgan.
Sug‘urtalash va zararni baholash
Islombek o‘z avtomobilini “Euroasia Insurance” kompaniyasida ixtiyoriy avtosug‘urta dasturi asosida sug‘urtalagan. 2025 yil 12 may kuni u hodisa bo‘yicha dastlabki hujjatlarni ilova qilgan holda kompaniyaga zararlarni qoplash yuzasidan ariza taqdim etgan.
Mustaqil ekspertiza xulosasiga ko‘ra, KIA SOReNTO avtomobiliga yetkazilgan moddiy zarar miqdori 74 876 496,0 so‘mni tashkil etgan.
Sug‘urta to‘lovining amalga oshirilishi
Taqdim etilgan barcha hujjatlar, jumladan ekspertiza xulosasiga asoslangan holda, 2025 yil 19 may kuni “Euroasia Insurance” kompaniyasi tomonidan — KIA SOReNTO avtomobilining egasiga 74 876 496,0 so‘m miqdorida to‘lov amalga oshirildi. To‘lov sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan talablarga to‘liq muvofiq holda, to‘liq hajmda to‘lab berildi.
Tahlil va xulosalar
- Tezkorlik va aniqlik. Sud jarayoni vaqt talab qilgan bo‘lsa-da, “Euroasia Insurance” barcha zarur hujjatlar taqdim etilishi bilanoq to‘lovni qisqa muddatda amalga oshirdi.
- Sug‘urta kompaniyasining ishonchliligi. “Euroasia Insurance” kompaniyasi yuqori darajadagi mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati va moliyaviy barqarorligini yana bir bor namoyon etdi.
Xulosa
Mazkur holat O‘zbekistonda transport vositalarini ixtiyoriy sug‘urtalashning naqadar muhimligini yaqqol ko‘rsatadi. Murakkab vaziyatlarga qaramasdan, sud, ekspertlar va sug‘urta kompaniyasining muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlari evaziga zararni adolatli tarzda qoplash va tomonlarning huquqiy manfaatlarini himoya qilishga erishildi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar Veb-sayt orqali.
Reklama huquqi asosida