O‘zbekiston | 21:12 / 30.07.2025
8784
2 daqiqa o‘qiladi

Suv olish tartibini buzganlik uchun yuridik shaxslarga jarimalar belgilandi

Suv olish tartibining buzilishi moliyaviy sanksiyalar qo‘llanganidan keyin 1 yil ichida takroran sodir etilganda, ushbu moliyaviy sanksiyalar 5 baravar miqdorda qo‘llanadi.

 Yangi qabul qilingan Suv kodeksiga ko‘ra, baliq xo‘jaligi, sanoat, energetika va xo‘jalik-maishiy ehtiyojlar uchun suv olish tartibi yuridik shaxslar tomonidan buzilganda, ularga nisbatan quyidagi miqdorlarda jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qo‘llanadi, jumladan:

- suvdan foydalanuvchilar belgilangan limitdan ortiq olgan har ming kub metr suv uchun – BHM 20 foizi;

- suvdan foydalanuvchilar suv olish shartnomalari tuzilmagan holda olgan har ming kub metr suv uchun – BHM 30 foizi;

- suvdan foydalanuvchilar suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlanmagan holda olgan har ming kub metr suv uchun – BHM 5 foizi;

- suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari, suv yetkazib beruvchi tashkilotlar va suvdan foydalanuvchilar suvdan maxsus foydalanishga doir ruxsatnomasiz olgan har ming kub metr suv uchun – BHM 40 foizi.

Suv olish tartibining buzilishi moliyaviy sanksiyalar qo‘llanganidan keyin 1 yil ichida takroran sodir etilganda, ushbu moliyaviy sanksiyalar 5 baravar miqdorda qo‘llanadi.

Ayni paytda 1 BHM – 375 ming so‘m.

Mavzuga oid