Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva va Pxenyan o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
Moskvadan birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys Pxenyanga qo‘ndi. Bundan buyon Rossiya poytaxtidan KXDR poytaxtiga parvozlar har oyda bir marta amalga oshiriladi.

Foto: Russian Embassy in the DPRK
Moskvadan birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyanga qo‘ndi. Nordwind aviakompaniyasi samolyoti Moskvaning Sheremetevo aeroportidan kechqurun havoga ko‘tarildi, parvoz vaqti taxminan sakkiz soatni tashkil etdi, deyiladi aviatashuvchi bayonotida.
Samolyot Pxenyanga mahalliy vaqt bilan 9:30 da qo‘ndi. Parvoz davomida barcha e’lonlar ikki tilda — rus va koreys tillarida berildi.
Nordwind Moskvadan Pxenyanga birinchi parvozini 440 nafargacha yo‘lovchini sig‘dira oladigan Boeing 777-200ER samolyotida amalga oshirdi. Sheremetevoda bortga asosan Shimoliy Koreya fuqarolari va bir necha rossiyaliklar o‘tirdi. Biroq samolyot qo‘nganidan so‘ng RIA "Novosti" tomonidan e’lon qilingan videotasvirlarda shimoliy koreyalik yo‘lovchilar ko‘rinmagan. Kadrlarda Rossiya tabiiy resurslar vazirligi rahbari Aleksandr Kozlov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari zinapoyadan tushayotganini ko‘rish mumkin. Delegatsiya a’zolari va samolyot ekipajiga gullar taqdim etildi. Samolyotda qancha odam bo‘lgani noma’lum.
Qaytish reysi 29 iyulga belgilangandi. Kelgusida Nordwind samolyotlari Pxenyanga oyiga bir marta parvoz qiladi. Rosaviatsiya iyul oyi boshida Nordwind kompaniyasiga Moskva-Pxenyan yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilishga ruxsat bergan edi. Kompaniya 18 iyul kuni chiptalar sotuvini ochdi, ular 44 700 rubldan boshlanadi.
Mavzuga oid

14:51 / 26.06.2025
Kim Chen In KXDRda jahon darajasidagi sohilbo‘yi kurortini ochib berdi

12:31 / 30.05.2025
Rossiya Shimoliy Koreyaga havo mudofaa tizimlarini yetkazib beryapti - MSMT

23:49 / 29.05.2025
Putin urushdagi yordami uchun Kim Chen Inga nima sovg‘a qilgani ma’lum bo‘ldi

14:39 / 27.05.2025