Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Quyoshda qolgan ichimliklar gormonal buzilish va boshqa xavfli kasalliklarni yuzaga keltirishi mumkin
Gazli ichimliklar, odatda, plastik idishlar (polietilen tereftalat)da saqlanadi. 25–30°C dan yuqori haroratda turganda bunday butilkalarning kimyoviy tarkibi o‘zgaradi.

Foto: AP
Quyosh nurlari bevosita tushganda yelim idishlardan bisfenol A (BPA) moddasi ajraladi. Mazkur modda gormon tizimi hamda endokrin faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
BPA organizmda tabiiy gormonlar o‘rniga kirib olib, ularning ishini izdan chiqaradi. Bu esa:
- erkaklarda testosteron darajasini pasaytiradi;
- ayollarda bepushtlik, hayz sikli buzilishi kabi holatlarni yuzaga keltiradi.
Issiqlik ta’sirida qolgan plastik idishdagi ichimliklarni davomli va uzoq muddat iste’mol qilish saraton, bepushtlik, qandli diabet singari kasalliklar xavfini oshiradi.
Bundan tashqari, bunday ichimliklar ichaklarda gaz to‘planishi, og‘riq, shish va hazm buzilishi kabi muammolarni hosil qiladi.
Bolalar organizmi kimyoviy ta’sirlarga sezuvchanroq. Plastikdan chiqqan zararli moddalar o‘smirlarda gormonlar disbalansi, rivojlanish muammolarini yuzaga keltirishi ehtimoli mavjud.
Shu sabab
- Ichimlik tanlayotganda quyoshda turgan yoki qizigan butilkalardagisini xarid qilmang.
- Uyda yoki safarda bo‘lgan vaqtlaringizda ichimliklarni salqin joyda saqlang.
- Imkon qadar shisha idishdagi mahsulotlarni oling, ular kimyoviy o‘zgarishga kamroq uchraydi.
- Bolalarga quyoshda qolgan ichimlikni aslo bermang.
- Energiya ulashuvchi, rangli, gazli ichimliklar o‘rniga sovuq suv, mevali tabiiy sharbat, ayron yoki choy ichishni odat qiling.
Mavzuga oid

19:00 / 07.07.2025
SEVEN DATES PREMIUM: inqilobiy Italiya sog‘liq uchun ichimligi MDH bozorida

21:37 / 14.05.2025
Quyoshda 2025 yildagi eng kuchli chaqnash yuz berdi

16:48 / 21.01.2025
Sayyoralar paradi: 21 yanvar kuni oltita sayyora bir safga tiziladi

14:19 / 04.01.2025