Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyevda korrupsiyaga qarshi idoralar mustaqilligi uchun namoyishlar davom etmoqda
Ukraina poytaxtida hukumatga qarshi namoyishlarda 2 mingga yaqin odam qatnashdi. Prezident Zelenskiy Radaga namoyishchilar talablariga javob beradigan yangi qonun loyihasini taqdim etganiga qaramay, namoyishlar davom etmoqda.

Foto: Anastasia Shepeleva/DW
24 iyul, payshanba kuni Ukraina poytaxtida avvalroq Oliy Rada tomonidan qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy byurosi (NABU) va ixtisoslashtirilgan antikorrupsiya prokuraturasi (SAP) mustaqilligini sezilarli darajada cheklovchi qonunga qarshi namoyishlar uchinchi kun davom etdi. Kiyev markazidagi Ivan Franko teatri yonidagi maydonga ikki mingga yaqin odam to‘plangan, deb xabar bermoqda DW muxbiri.
Avvalroq Oliy Radada korrupsiyaga qarshi kurash idoralarining mustaqilligini tiklashga qaratilgan ikkita qonun loyihasi ro‘yxatga olinganiga qaramay, namoyishlar davom etmoqda. Ulardan birini bir guruh deputatlar, ikkinchisini Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy tanishtirdi.
DW muxbiri xabar berishicha, namoyishchilar Ukraina madhiyasini kuylab, «Ukraina Qurolli kuchlariga sharaflar bo‘lsin», «Kuch millionerlarga emas, millionlarga», «NABU va SAPdan qo‘lingizni torting» kabi shiorlarni aytgan. Shuningdek, armiyaga yordam berishga e’tibor qaratishga chaqiriqlar bo‘ldi.
Namoyishlar nafaqat NABU va SAPni himoya qilishga qaratilgan, balki Ukraina jamiyatining adolat talabi hamdir, dedi DW nashriga «Veteran.UA» jamoat tashkiloti rahbari Ivan Chigirin.
Mavzuga oid

19:40 / 25.07.2025
Tramp va’da qilgan Patriot tizimlaridan birinchisi Ukrainaga yetib keldi

10:54 / 25.07.2025
Zelenskiy korrupsiyaga qarshi idoralar mustaqilligi to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etdi

08:40 / 25.07.2025
Kiyevda hakerlar forumi ma’muri qo‘lga olindi

22:53 / 24.07.2025