Jahon | 09:30 / 24.07.2025
1593
3 daqiqa o‘qiladi

"Vagner" XHK Malida tinch aholini o‘ldirishda ayblanmoqda

Human Righs Watch tashkiloti Mali qurolli kuchlari va "Vagner" XHK yollanma askarlarini isyonchilarga qarshi reydlar chog‘ida mahalliy fulani etnik xalqining o‘nlab tinch aholisini o‘ldirishda va o‘g‘irlab ketishda aybladi.

Foto: AP

Human Righs Watch (HRW) xalqaro inson huquqlari tashkiloti yangi hisobotini e’lon qildi, unda Mali hukumati armiyasi va Rossiyaning "Vagner" XHK yollanma askarlari mahalliy fulani etnik xalqiga qarshi shafqatsiz jinoyatlar sodir etishda ayblandi. HRW ma’lumotlariga ko‘ra, Mali harbiylari va «Vagner» yollanma askarlari so‘nggi uch yil ichida kamida 12 nafar fulani erkakni o‘ldirgan va ulardan 81 nafarini o‘g‘irlab ketgan.

HRW ma’lumotlariga ko‘ra, 30 mart kuni Mali askarlari va "Vagner" yollanma askarlari Belidaneji shahriga kirib kelgan hamda guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, qochib ketgan yoki yashirinib yurgan kamida olti nafar fulani tinch aholisini qatl etgan. HRW 47 yoshli erkakning so‘zlaridan iqtibos keltiradi: «Ular mening ko‘z o‘ngimda do‘stimning ko‘kragiga o‘q uzdi. Askarlar ketgach, biz besh nafar jasadni topdik va yaradorni evakuatsiya qildik, biroq u keyinchalik kasalxonada vafot etdi», — deydi u.

Qatllar soni bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkin, deb yozadi HRW. U «Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan olgan ishonchli ma’lumotlarga ko‘ra, aprel oyida armiya va "Vagner" jangchilari Kayes mintaqasidagi Sebabugu qishlog‘idan kamida 65 fulani cho‘pon va chorva savdogarini qatl qilgan. Ular reyd davomida ushlangan va armiya lageriga olib ketilgan».

Matnda aytilishicha, Mali hukumati armiyasi va "Vagner" uch yildan beri mamlakatda faoliyat yuritayotgan isyonchi guruhlarga qarshi qurolli reydlar o‘tkazmoqda. Bu guruhlardan biri "Al-Qoida" bilan aloqador tashkilot o‘z safiga fulani erkaklarni jalb qilishga urinayotgani xabar qilinmoqda. «Malining bir-birini alishtirgan hukumatlari fulani xalqini jangarilar deb bilib, ularni jiddiy xavf ostiga qo‘ydi», — deydi huquq faollari.

Mavzuga oid