Biznes | 14:02 / 24.07.2025
3568
3 daqiqa o‘qiladi

Nescafé’dan ilk qahva, bankrot bo‘lgan Kia va YandexMoney ochilishi – 24 iyul dunyo biznesi tarixida

Foto: Kun.uz

Nescafé’dan birinchi eriydigan qahva

Foto: Reuters

1938 yil, aynan 24 iyul kuni Nestle va Braziliya hukumati hamkorligida tayyorlangan Nescafé qahva ishlab chiqarishni boshladi. Aslida gidroksizlangan, tez tayyorlanadigan qahva konsepsiyasini ilk bo‘lib Satori Kato (yapon olimi) taklif qilgan, u Chikagoda ishlagan. Ammo aynan 1938 yilda Nestle uni ommaviy bozorda tahlil qildi – bu bugungi kunda global miqyosda milliardlab dollar daromad keltirmoqda.

Rossiyada YandexMoney elektron to‘lov tizimi ishga tushdi

Foto: Aviel

2002 yil 24 iyulda «Yandeks.Dengi» ishga tushdi. Dastavval kompaniya PayCash bilan sheriklikda ishlab, keyinchalik Yandex tizimining to‘liq egasiga aylandi. Yandex bu sohada ilk qonuniy elektron to‘lov tizimlardan biri bo‘lgan edi. Hozirda kuniga minglab yangi hisoblar ochilmoqda va unda yuz minglab tranzaksiyalar amalga oshiriladi.

AQShda po‘lat ishchilari 53 kunlik ish tashlashni yakunladi

Foto: PBS

1952 yilning 24 iyul sanasida AQShdagi po‘lat sindikati ishchilari 53 kun davom etgan ish tashlashga yakun yasadi. Po‘lat narxlari va ish haqlari bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu po‘lat sanoatidagi muhim burilish bo‘lib, korxonalar va ishchilar o‘rtasidagi strategik muvozanatni tikladi. Ishchilar 1952 yilning 9 aprelida, o‘sha vaqtdagi AQSh prezidenti Trumenning barcha po‘lat fabrikalari milliylashtirilishini e’lon qilgan kunda boshlangan edi. Po‘lat korxonalari oxir-oqibat prezidentni Oliy sudga beradi va 1952 yilning iyun oyida prezident bu qarorini amalga oshirolmasligini e’lon qiladi. Ish tashlashni deb po‘lat korxonalarining aksiyalari 10-15 foizga tushib ketadi. Ish tashlash Koreyalararo urush davom etayotgan onda bo‘lgani uchun AQShga katta zarba berishi mumkin edi.

Kia Motors bankrot bo‘lib sotildi

Foto: Drive

1997 yilgi moliyaviy inqiroz fonida Janubiy Koreyaning Kia Motors avtomobil kompaniyasi katta moliyaviy qiyinchiliklarga duch keldi va yil oxirida o‘zini bankrot deb e’lon qildi. Chunki kompaniya qarzlari taxminan 6-7 mlrd dollargacha baholangan edi.

1998 yilning 24 iyul sanasida esa Koreya Taraqqiyot banki va hukumat rasmiy tender e’lon qildi. Asosiy xaridorlar orasida Hyundai, Samsung, Daewoo, Ford va General Motors kompaniyalari bor edi. Ford Kia’da 1986 yildan beri ulushga ega edi va yetakchi xaridorlardan biri edi. Biroq oktyabr oyida yakunlangan tenderda Hyundai 9,1 mlrd dollar qarzni bo‘yniga olib, Kia va uning Asia Motors shu’ba korxonalarini sotib oldi.

Shunday qilib, Kia tiklandi. Hyundai boshqaruvi ostida sifat va ishonch uyg‘ondi. Chunki Hyundai Kia’ning faoliyatiga to‘liq aralashmadi.

Mavzuga oid