Jahon | 11:07 / 24.07.2025
13602
2 daqiqa o‘qiladi

Amur oblastida yo‘lovchi samolyot yo‘qolib qoldi

Uning bortida 49 kishi bo‘lgan

Amur oblastida An-24 yo‘lovchi samolyoti yo‘qolib qoldi, deb xabar berdi 24 iyul kuni «Interfaks» favqulodda xizmatlarga tayanib.

An-24 samolyoti Xabarovsk-Blagoveshchensk-Tinda yo‘nalishi bo‘yicha uchgan. Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, qo‘nish arafasida havo kemasi bilan aloqa yo‘qolgan.

Baza telegram-kanali ma’lumotlariga ko‘ra, An-24 qo‘nishga tayyorgarlik ko‘rgan, biroq birinchi urinishda qo‘na olmagan va ikkinchi aylanishga ketgan, shundan so‘ng u bilan aloqa uzilgan.

Shot ma’lumotiga ko‘ra, yo‘qolgan samolyot «Angara» aviakompaniyasiniki bo‘lgan.

Rossiya FVV qidiruv ishlari uchun Mi-8 vertolyoti va quruqlikdagi xizmatlar yuborilganini ma’lum qildi.

Amur oblasti rahbari Vasiliy Orlovning ma’lum qilishicha, samolyot bortida jami 49 kishi bo‘lgan. Shundan 43 nafari yo‘lovchi (besh nafari yosh bolalar), 6 nafari ekipaj a’zolaridir.

Rossiya Tergov qo‘mitasi holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Mavzuga oid