Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg: O‘zbekiston Mobiuz'ni 300 mln dollarga sotmoqchi
O‘zbekiston hukumati mamlakatdagi to‘rtinchi yirik aloqa operatori – Mobiuz'ni xususiylashtirish orqali 300 mln dollar jalb etishni maqsad qilgan, deya xabar berdi Bloomberg. Nashrning ikki manbasiga ko‘ra, rasmiylar sotuvga Yaqin Sharq va yevropalik investorlarning e’tiborini tortmoqchi. Davaktiv bunga izoh bermadi, lekin o‘z kanalida maqolaning asosiy tezislarini e’lon qildi.

Foto: Yandex-xaritalar
O‘zbekiston hukumati Mobiuz aloqa operatorini 300 mln dollarga sotmoqchi, deya xabar tarqatdi Bloomberg agentligi.
Nashr bu boradagi rejalardan xabardor ikki manbasiga tayanib yozishicha, rasmiylar bu aktivni Yaqin Sharq yoki Yevropadan bo‘lgan investorlarga sotishni reja qilgan.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bu xabarga munosabat bildirmay, o‘z rasmiy sahifasida Bloomberg e’lon qilgan maqolaning ayrim tezislarini e’lon qildi. Tanlab olingan tezislar qatoriga 300 mln dollarlik narx kutilmasi ham kiritilgan.
Mobiuz bo‘yicha savdo jarayoni joriy yil iyun oyida e’lon qilingan. Qiziqish bildirish bo‘yicha arizalarni yuborish uchun so‘nggi muddat – 2025 yil 1 avgust. Ushbu bitim bo‘yicha Rothschild& Co strategik va moliyaviy maslahatchi sifatida jalb etilgan.
“Kompaniyaga Qatar, Saudiya Arabistoni, Ozarboyjon va Yevropa investorlari tomonidan dastlabki qiziqish bildirilmoqda”, – deya yozadi Amerika nashri.
Mobiuz – O‘zbekistondagi to‘rtinchi yirik mobil operator hisoblanadi. BMI (“Fitch Solutions” bo‘limi) ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yil yakunida O‘zbekiston mobil bozorida 35,6 mln abonent bo‘lgan, Mobiuz bu bozorning 20,9 foiz ulushiga ega.
Mobiuz 2024 yilda 164 mln dollar sof daromad va 41 mln dollar EBITDA ko‘rsatkichini qayd etgan.
Kun.uz Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga ushbu xususiylashtirish dasturi borasida ayrim savollarni yubordi.
Mavzuga oid

22:42 / 13.06.2025
O‘zbekiston o‘zi bilan bir xil reytingga ega davlatlardan qonun ustuvorligi borasida ortda qolmoqda - Moody’s

15:52 / 10.06.2025
Britaniya moliya tashkiloti O‘zbekistondagi xususiylashtirish loyihalarida ishtirok etadi

23:10 / 09.06.2025
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi

15:33 / 03.06.2025