Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istondagi tumanda issiq tufayli bog‘chalar yopildi

Foto: Kun.uz
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumani hokimining qarori bilan tuman hududidagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.
Bunga 16–18 iyul kunlari ob-havo +40 darajadan yuqori bo‘lishi sabab sifatida keltirilmoqda.
Bundan oldinroq «O‘zgidromet» joriy yilning 17-19 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilayotgani haqida ogohlantirgandi.
17 iyulda respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarida, 18–20 iyul kunlarida hududning katta qismida havo harorati +40...+43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +44...+45 darajagacha ko‘tariladi.
Respublika bo‘yicha shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.
17 iyul kuni uchun ob-havo prognozi
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +22...+24 daraja, kunduzi +38...+40 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9–14 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi +24...+29 daraja, kunduzi +38...+43 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi +23...+28 daraja, cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +30 darajagacha, kunduzi +38...+43 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +21...+26 daraja, kunduzi +36...+41 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +23...+28 daraja, kunduzi +39...+44 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +35...+40 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +19...+24 daraja, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid

08:00
Bolalar bog‘chasi uchun kimlarga subsidiya to‘lanadi?

14:47 / 02.08.2025
Xivada xususiy bog‘cha rahbari bolaga jarohat yetkazdi

19:23 / 27.07.2025
Turkiyaning Shonliurfa shahrida harorat rekord darajaga yetdi

11:38 / 23.07.2025