O‘zbekiston | 13:20
4628
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatdan kelayotgani aytildi

5 oyda qancha turist kelgani, eng ko‘p tashrif qaysi davlatlardan amalga oshirilgani ma’lum qilindi.

2025 yilning yanvar-may oylarida 4,2 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 mln nafarga yoki 48,2 foizga oshgan.

Turistlarning mamlakatlar bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:

  • Qirg‘iziston –1,2 mln nafar;
  • Tojikiston – 993,7 ming nafar;
  • Qozog‘iston – 889,6 ming nafar;
  • Rossiya – 334,3 ming nafar;
  • Afg‘oniston – 199,2 ming nafar;
  • Turkmaniston – 142,5 ming nafar;
  • Turkiya – 65,8 ming nafar;
  • Xitoy – 51,9 ming nafar;
  • Hindiston – 28,5 ming nafar;
  • Italiya – 17,4 ming nafar;
  • boshqa davlatlar – 201,1 ming nafar.

Mavzuga oid