Jahon | 11:22
2363
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil darziylarni himoya qilish uchun Suriya qo‘shinlariga zarba berdi

Isroil harbiy-havo kuchlari Suriya hukumati qo‘shinlarining harbiy texnikasi Suvayda viloyati poytaxtiga kirganidan so‘ng ularga havo hujumi uyushtirdi. Isroil rasmiylarining aytishicha, bu etnik ozchilik - darziylarni himoya qilish uchun qilingan.

Foto: Karam al-Masri/REUTERS

14 va 15 iyul, dushanba va seshanba kunlari Isroil havo kuchlari Suriyadagi hukumat qo‘shinlarining harbiy texnikasi va ta’minot yo‘llariga zarba berdi. Bu Suriya armiyasi mamlakat janubida joylashgan, darziy etnik-diniy ozchilik vakillari ixcham yashaydigan shu nomdagi provinsiya poytaxti Suvayda shahriga kirib kelganidan keyin sodir bo‘ldi.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va mudofaa vaziri TSAHAL operatsiyasi birinchidan, hukumat kuchlarining darziylarga qarshi zo‘ravonliklarini oldini olishga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchidan, Suriyaning Isroil chegarasi yaqinida joylashgan hududlarini demilitarizatsiya qilishni ta’minlashga yo‘naltirilganini aytdi. Netanyahu va Kats Suriya kuchlarining bu hududlarda jamlanganini yahudiy davlati xavfsizligiga tahdid deb atadi.

Suriyaning SANA davlat axborot agentligi Isroil zarbalari faktini tasdiqladi, biroq tafsilotlarni keltirmadi. Qarorgohi Buyuk Britaniyada joylashgan Suriya Inson huquqlari kuzatuv kengashi (SOHR) ma’lumotlariga ko‘ra, Suriya hukumatining kamida bitta tanki yo‘q qilingan. Shuningdek, Suriya IIVning bir harbiy xizmatchisi yaralanib, kasalxonaga yotqizilgani xabar berilgan.

Mavzuga oid