Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Termizda O‘zbekiston–Rossiya harbiylarining birgalikdagi o‘quv mashg‘uloti boshlanmoqda
Rossiya Mudofaa vazirligining Tojikistondagi 201-harbiy bazasi askarlari «Termiz» poligonga yetib keldi. Bu yerda O‘zbekiston va Rossiya harbiylari bir hafta davomida «Hamkorlik-2025» o‘quv mashg‘ulotida qatnashadi.
«Harbiy va maxsus texnikadan iborat kolonnalarda harakatlangan bo‘linmalar «Termiz» poligoniga yo‘l oldi. Shaxsiy tarkib BTR-82A zirhli transportyorlari, URAL yuk mashinalari hamda KAMAZ bazasidagi maxsus texnikalarda harakatlanib, tog‘li hududlardagi ko‘tarilishlar, pasayishlar va tor serpantin yo‘llarni yengib o‘tishdi», deyiladi Rossiya mudofaa vazirligi 14 iyul kuni tarqatgan xabarda.
Ma’lum qilinishicha, Rossiya va O‘zbekiston harbiylari o‘rtasidagi «Hamkorlik-2025» taktik mashg‘uloti 15-21 iyul kunlari Surxondaryodagi «Termiz» poligonida bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Kun.uzʼga bunday mashg‘ulot o‘tkazilishini tasdiqladi. Shu bilan birga, o‘quv mashg‘uloti tafsilotlari haqidagi rasmiy tadbir boshlanganda berilishini ma’lum qildi.
Mavzuga oid

14:08
Rossiyada Farg‘ona va Surxondaryo savdo uyi tashkil etilishi mumkin

10:34
Lavrov: Rossiya va KXDR hamkorligi Koreya yarimorolidagi vaziyatni barqarorlashtirishga yordam beradi

07:41
Rossiyada Army SOS fondi «nomaqbul tashkilot» deb tan olindi

07:34